Venger: "Arsenal" xaridlarni emas, o'z o'yini haqida o'ylashi kerak"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2015, 15:49
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning ma'lum qilishicha, "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoa yangi xaridlar borasida o'ylashi kerak emas.

"Biz o'z o'yinimizni ko'rib chiqib, kamchiliklarni to'ldirishimiz zarur. Yangi futbolchilarni xarid qilish vaziyatni o'nglash degani emas, bu haqida xatto o'ylamaslik lozim. "Vest Xem" yaxshi harakat qildi, tabriklaymiz va tez orada o'yinimiz qaytishiga umid qilamiz. Qaytaraman, bunday mag'lubiyatdan so'ng xaridlarni emas, o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com