

- Angliyaning besh nafar klubi moliyaviy jihatdan bizdan ustun. Lekin shunisi aniqki, masalan, "Manchester Siti"dan ko'ra "Borussiya Dortmund" nomdor jamoa. "Borussiya Dortmund" nomi "Siti"ga nisbatan jarangliroq eshitiladi. Futbolchilarni o'ziga jalb etish borasida ham biz "Siti"dan ustunmiz. Ammo masala moliyaviy jihatga borib taqaladigan bo'lsa, unda "Siti"ning imkoniyatlari bizdan yuqoriroq.



