Valverde Dembelening "Malaga"ga qarshi o'yiniga baho berdi

Mirjalol Normatov
11 mar 2018, 16:06
"Barselona" ustozi Ernesto Valverde Ispaniya chempionati doirasida "Malaga"ga qarshi o'yindan keyin Usmon Dembelening o'yinlariga baho berdi.

"Dembelega vaqt kerak. Yosh futbolchi uchun "Barselona" tarkibida to'p surish katta bosim beradi. Mavsumning qolgan qismida u o'z vazifalarini to'liq bajarishi lozim. "Malaga"ga qarshi o'yinda u oldinga katta qadam tashladi", - dedi murabbiy.

Bu mavsumda Usmon Primero doirasida 8 o'yin o'tkazib, 3 gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es