Valverde: "Barselona" Chempionlar Ligasida g'olib chiqishga majbur"

Alisher
11 dek 2019, 11:03
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o'rin olgan "Inter"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Kuchli raqibga qarshi ishtiyoq bilan o'ynadik. Biz g'alaba qozonish uchun to'p tepdik va ko'pchilik shogirdlarim birinchi marotaba bunday darajada o'ynashdi, ular ushbu musobaqada raqobatlasha olishlarini namoyish etishdi.

Karles Peresning gol urish qobiliyati bor, Fati ham tug'ma to'purar. Uning kichik jarohati bo'lsa ham, o'yin amaliyotiga ega bo'lishini xohladik. "Barca"dan yetishib chiqqan yigit ushbu turnirning eng yosh to'purariga aylanganidan juda mamnunmiz.

Biz ushbu turnirda g'alaba qozonishga majburmiz. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz va shu yerda ham bunga erishdik", - deydi "Barselona" bosh murabbiyi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com