Valbuena "Marsel" muxlislari bilan ko'zlarida yosh ila xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2014, 18:56
"Dinamo" yangi futbolchisi Mate Valbuena 5 avgust kuni matbuot-anjumanida "Marsel" bilan xayrlashdi.
Futbolchi jurnalistlar oldida ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi.

"Men yig'lamaslikka so'z bergandim, ammo his-tuyg'ular juda ko'p. "Marsel"da juda zo'r vaqtlarni o'tkazdim, ammo faoliyatimda yangi varoq ochish uchun vaqt keldi. "Marsel" safida to'p surganimdan fahrlanaman" - deydi Valbuena.

Eslatib o'tamiz, Valbuena Moskvaning "Dinamo" klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi yaqin kunlar ichida jamoaga qo'shilishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com