Vadim Abramov: "Yigitlar borlarini berib o'ynashdi"

Narzulla Saydullayev
12 may 2019, 21:15
“Bunyodkor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Odatdagidek birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik va odatdanidek ikkinchi bo'limni ko'ngildagidek boshlay olmadik. Natijada gol o'tkazib yubordik. Goldan keyin biroz asabiylashdik. Lekin natijani o'zimiz tomonga o'zgartira oldik va g'alaba qozondik. Yigitlardan maydonda borlarini berib harakat qilishganidan mamnunman.

Qo'qon-1912 yaxshi jamoa. Bugun teng kuchga ega raqiblar o'ynadi. Garchi biz g'alaba qozongan bo'lsakda, mehmonlardan o'yin borasida ustunlik qila oldik, deya olmayman. Balki Qo'qon-1912ga hali ham o'z uyida o'ynay olmayotgani ruhiy tomondan ta’sir qilayotgandir?!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com