Usmon Toshev - Tojikiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2018, 10:51
O'zbekistonlik 53 yoshli Usmon Toshev Tojikiston (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqda Tojikiston futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi. U jamoani 2020 yilgi Osiyo chempionati saralashiga tayyorlaydi. Tojikiston olimpiyachilari 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tadigan saralash bahslarida ishtirok etishadi. Ushbu guruhda O'zbekiston, Hindiston va Pokiston kabi jamoalar bor.

Usmon Toshev yaqin kunlarda o'z ishini boshlaydi. Ushbu murabbiy shu yil iyul oyida O'zbekiston (U-16) terma jamoasi bilan birga CAFA musobaqasida g'olib bo'lgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia