Usmon Dembelening xizmatlariga yana bir grand qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
30 may 2018, 15:08
Agarda PSJ "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmanni sotib ololmasa, "Barselona"dan Usmon Dembeleni transfer qilishi mumkin.

Ayni damda parijliklar Grizmanni 100 mln evroga sotib olishni o'ylashmoqda. Biroq fransiyalik futbolchi vataniga qaytishni istamayapti. Shu boisdan yaqin vaqtlarda PSJ Usmon Dembele bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.

Hozirda PSJ Dembele bilan bo'layotgan voqealarni kuzatib bormoqda. Oldinroq "Liverpul" ham Dembeleni sotib olishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo