Usmon Dembele Messini ortda qoldirib, XXI asr rekordini qayd etdi

Administrator
2 mar 2025
Sermahsullik bo'yicha PSJ hujumchisi ajoyib natija qayd etmoqda.

PSJ hujumchisi Usmon Dembele kecha "Lill"ga qarshi o'yinda gol urdi. Bu uning 2025 yildagi 18-goli bo'ldi. Kalendar yilining 1 mart sanasiga qadar 18 ta gol urish bu top-5 chempionatlarda XXI asrdagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. 

Bundan oldingi rekord Lionel Messiga tegishli edi. Messi 2016 yil "Barsa" safida 1 martga qadar 17 ta gol urgandi.

Ma'lumot uchun, Usmon Dembele ayni damda Fransiya chempionati to'purari hisoblanadi. Uning hisobida 18 ta gol bor.


AdministratorMuallif
Manba: OptaSports