

"Maqsadim shuki, shaxsiy muammolar jamoa o'yinlariga ta’sir etmasligi kerak. Men har bir "Arsenal" futbolchisidan bor e'tiborini klub o'yiniga qaratishni xohlayman. Remzi yangi shartlarga rozi bo'lishi yoki klubni tark etishi mumkin. Biroq, men uchun muhimi, Aaron o'z o'yinini maydonda ko'rsata olishidir", - deya Emeri so'zlarini keltirdi Sky Sports nashri.
Avvalroq, Remzi kelasi yil yozda "Manchester Yunayted" klubiga erkin agent sifatida borib qo'shilishi mumkinligi borasida ma'lumotlar berilgandi.



