Ulug'bek Baqoev: "Xudo xohlasa, finalga chiqamiz"

Sherzod Nurmatov
5 okt 2022, 16:46
OFK Kubogi Hududlararo finali doirasidagi "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" uchrashuvi start olishiga tobora oz vaqt qolmoqda.

"So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoev muhim uchrashuv oldidan flesh-intervyu berdi.

- Ushbu o'yingacha "So'g'diyona" qiyin yo'lni bosib keldi. Bugungi "Kuala-Lumpur Siti"ga qarshi o'yin haqida nima deya olasiz? 

- "Kuala-Lumpur Siti" turnir yarim finalga yetib keldimi, demak, kuchli jamoa. Biz har bir klubni hurmat qilamiz. Tayyorgarlik ham shunga yarasha jiddiy bo'ldi.

- OFK Kubogi finaliga chiqish "So'g'diyona", umuman O'zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega?

- Siz qanday musobaqada ishtirok etishingiz emas, balki unda qanday qatnashishingiz muhim. Butun jamoa, rahbariyat, hukumat va mamlakat ahli – hamma bizga muxlislik qilmoqda va qayg'uryapti. Xudo xohlasa, finalga chiqamiz.

FOTO. OFK Kubogi. "So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti". Kiyinish xonasidan suratlar

FOTO. "So'g'diyona" sport majmuasi bugungi bahsga tayyor!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia