Ulug'bek Baqoev: "So'nggi uchrashuvlardagi mag'lubiyatlar bizga ruhan qattiq ta’sir qildi"

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2018, 08:45
Superliga 18-tur doirasida kechgan AGMK - Buxoro uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'yin borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- To'g'risi bir narsa deyishim qiyin. So'nggi uchrashuvlardagi mag'lubiyatlar bizga ruhan qattiq ta’sir qildi. Shuning uchun bo'lsa kerak biz tezlikda ruhiy muammoimizni bartaraf qilishga ulgurmayapmiz. Deyarli har bir o'yinda  yigitlarda jarohat. O'yinlar biz uchun og'ir kechyapti nazarimda. Lekin bu doimiy emas albatta. Yigitlarga rahmat. AGMKni bugungi g'alabasi bilan tabriklayman", - deydi bosh murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати