"Ufa" va O'runov "Orenburg"ga mag'lub bo'lib, RPLdan tushib ketdi

Sherzod Nurmatov
28 may 2022, 20:17
"Ufa" o'tish o'yinida "Orenburg"ga yutqazdi (1:2) va RPL keyingi mavsumida qatnashmaydigan bo'ldi.

G'alaba golini "Orenburg" himoyachisi Andrey Malix 94-daqiqada urdi.

Jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi. E'tiborlisi, o'shanda ham Malix 84-daqiqada to'p kiritib, hisobni tenglashtirgandi. Shu tariqa, "Ufa" keyingi mavsumda RPLda emas, Milliy futbol ligasida o'ynaydi.

Ufa – Orenburg 1:2 

BetBoom Arena

Gollar: 0:1 – 13 Fameye, 1:1 – 44 Juravlev, 1:2 – 90 Malix.

Ufa – Chichkan, Nikitin, Juravlev, Pliev, Suxov (Ortis, 38), Kabutov, Ivanov, Kamilov (Fishenko, 85), O'runov, Agalarov (Mrzlyak, 85), Kasintura (Yokich, 61).

Orenburg – Goshev, Malyx, Sivakov, Goykovich, Ektov, Breev (Poluyaxtov, 46), Ayupov, Kaplenko, Kovalev (Sychevoy, 83), Obuxov (Titkov, 61; Koryan, 82), Fameye (Xotulev, 90).

Ogohlantirishlar: Kasintura (38), Juravlev (52), Kamilov (57), Malyx (60), Pliev (64), Ortis (72), Titkov (80), Sivakov (90).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia