Ueyn Runi: “Giggzning yoshiga etganimda, futbol o'ynamayman”

28 noya 2013, 11:05
“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi, ertaga 40 yoshni qarshi oladigan jamoadoshi Rayn Giggzning, Chempionlar ligasi dorasida “Bayer”ga qarshi o'tkazgan o'yiniga (5:0) baho berib o'tdi.

“O'yin mobaynida “Bayer”ning markaziy yarim himoyachisi, u qanday qilib shu yoshda haligacha futbol o'ynayapti, deb so'radi.

Rayanning to'p bilan yuqori darajada muomala qila olishini kuzatish, haqiqatdan ham ajoyib, ammo men Giggzning yoshiga etganimda, futbol o'ynamayman”, - deydi Runi.


Manba: sports.ru