UEFA koronavirus sabab Chempionlar Ligasi o'yinlarini to'xtatishi mumkin

Alisher
12 mar 2020, 12:40
UEFA koronavirus bilan bog'liq vaziyat tufayli Chempionlar ligasi o'yinlarini to'xtatib qo'ymoqchi.

Tegishli qaror bugun e'lon qilinadi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Xaver Matalyanas xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan YCHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi PSJ - "Borussiya" (Dortmund) o'yini muxlislarsiz o'tgan edi.

Bundan tashqari 1/8 final doirasidagi "Manchester Siti" - "Real", "Yuventus" - "Lion", "Barselona" - "Napoli" va "Bavariya" - "Chelsi" bahslari ham qoldirilish ehtimoli yuqori.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ellarguero