UEFA Chaqirni chetlatmadi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2021, 22:10
JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Germaniya va Ruminiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga turkiyalik hakam Juneyt Chaqir tayinlandi.

Bu shuni anglatadiki, garchi Italiyada ko'pchilik hakam ishdan chetlatilishiga ishonishgan bo'lsa-da, UEFA Chaqirga nisbatan hech qanday sankciya qo'llamadi.

"Milan" va "Atletiko" o'rtasidagi Chempionlar ligasi o'yinidan so'ng Juneyt Chaqir jiddiy tanqidlarga duch kelgandi. Italiya klubi hatto hakamning xatti-harakatlari ustidan rasmiy shikoyat ham bergan.

Eslatib o'tamiz, "Milan" o'z uyida "Atletiko"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Turkiyalik hakam uchrashuv yakunlanayotgan bir pallada "rossonerlar" darvozasi tomon shubhali penalti belgiladi, uni esa Luis Suares golga aylantirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Itaia