"Chelsi" - "Barselona". O'yinni qaysi hakam boshqarishi ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2018, 19:21
Juneyt Chaqir boshchiligidagi turkiyalik hakamlar brigadasi YCHL 1/8 finali doirasidagi "Chelsi"-"Barselona" o'yinini boshqaradi.

Bahsda Chaqirga laynsmenlar Baxattin Duran hamda Tariq Engunlar yordam beradilar. Yordamchi referi vazifasini esa Barish Shimshek va Xusayn Gecheklar bajaradi. To'rtinchi hakam Mustafo Eysoy bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, o'yin 20 fevral kuni London shahrida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com