Bavariya – Atletiko. Uchrashuvni Juneyt Chaqir boshqarib boradi

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 16:30
UEFA YCHL yarim finali doirasidagi Bavariya va Atletiko o'rtasidagi o'yinga hakamlarni tayinladi.

Bahsni turkiyalik hakamlar boshqarib borishadi. Juneyt Chaqirga qanotlarda Jem Satman va Tariq Ongun yordam beradi. Zaxira hakami Serkan Ok, darvoza ortidagi hakamlik vazifasini Husayin Gechek va Barish Shimshek bajarishadi.

Eslatib o'tamiz, aynan shu brigada YCHL dastlabki yarim finali doirasidagi Manchester Siti va Real (0:0) o'rtasidagi uchrashuvda ishlagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com