"Real" - "Bavariya". Uchrashuvni boshqaradigan hakamlar ma'lum

Mirjalol Normatov
29 apr 2018
Turkiyalik hakam Juneyt Chaqir YCHL yarim finali doirasida "Real" - "Bavariya" uchrashuvini boshqaradi.

Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda. Bahs seshanba kuni Madridda bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda "Real" 2:1 hisobida g'alabaga erishgandi.

Unga  qanotlarda Baxattin Duran va Tarik Engyun yordam beradi. Darvozalarning ortida Xyuseyin Gechek, Barish Shimshek ishlaydi.
Chaqir "Yuventus" - "Real" (0:3) uchrashuvini boshqargandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com