"U - katta yo'qotish": Starrij "Liverpul"ga yetishmayotgan futbolchini aytdi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025, 18:56
Arne Slot murabbiylik faoliyatida birinchi marta ketma-ket uchta mag'lubiyatga uchradi va bu "Liverpul" bosh murabbiyi haqida bazi savollar tug'dirdi.

Mashhur hujumchi Daniel Starrijning fikricha, klub qo'yib yubormasligi kerak bo'lgan futbolchi bor edi.

Ana shunday futbolchilardan biri yozda "Bavariya"ga ketgan vinger Luis Diasdir. "Liverpul" hujum uchun munosib o'rinbosar topdi, ammo Slotning hozirgi uchligi himoyada kolumbiyalikchalik foyda keltirmaydi.

"Dias - katta yo'qotish. O'tgan yilgi "Liverpul"ga va ularning pressing uslubiga nazar tashlab, u oldingi uchlikda raqibga bosim o'tkazib turgan futbolchi bo'lgan deb o'ylayman. Soboslai buni yarim himoyada o'zida bo'lgan kuch va dinamika bilan amalga oshirmoqda. Men uchun Dias to'p bilan ishlashda va uni raqibdan tortib olishda ajoyib edi. U hozirda "Liverpul"ga etishmayotgan narsani olib keldi. Menimcha, Dias himoyada o'zini qurbon qilardi", – dedi Starrij.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT