Tuxel: "Chelsi" g'alabaga loyiq edi"

Mirjalol Normatov
12 dek 2021, 12:51
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Lids"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Hayajon va bosimga to'la yaxshi o'yin bo'ldi. "Chelsi"ning o'yinidan mamnunman.

Garchi so'nggi golni so'nggi daqiqalarda penaltidan urgan bo'lsak-da, g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Ketma-ket ikki marta qiyin holatdan chiqib ketish - odamni g'ururlantiradi.

So'nggi ikki o'yinda omadimiz kelmayotgandi. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgandik.

Jamoa va murabbiylar shtabining mehnatidan mamnunman. Ikki kun davomida ko'plab narsalarni o'zgartira oldik. Demak, barcha narsani yaxshilasa bo'ladi", - dedi germaniyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal