Turkiyalik mashhur hakam Chaqir O'zbekiston U20 terma jamoasi bilan seminar o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
17 may 2023, 22:27
FIFA vakillari tomonidan U-20 Jahon chempionati oldidan jamoalar ishtirokida rasmiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

"Seminarda musobaqa tashkilotchilari Jahon chempionatiga doir bir qator yo'nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot va media bo'yicha ma'lumotlar taqdim etmoqda. 

Bugun ana shunday seminar O'zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirokida bo'lib o'tdi. 

Xususan, hakamlikdagi yangi va zamonaviy qoidalar bo'yicha o'tmishning taniqli referilaridan biri Junayd Chaqir tomonidan tushuntirishlar berib o'tildi" - deyiladi O'FA xabarida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia