

Nuri Shahin boshchiligidagi jamoa Abbosbek Fayzullaevning assisti va Eldor Shomurodovning gollari orqali g'alaba qozonib, mavsumni beshinchi o'rinda yakunlaydigan bo'ldi.
Eldor Shomurodov mavsumdagi gollari sonini 22taga etkazib, Pol Onuachu bilan tenglashib oldi. Hozircha “Trabzonspor” o'z o'yinini o'tkazgani yo'q.
"Gaziantep" - "Istanbul Bashakshehir" 1:2
Gollar: Lungoyi (59) - Zelke (6), Shomurodov (22-pen).
"Gaziantep": Bozan, Muyakich (Kabasakal, 86), Abena, Sangare, Rodriges, Maksim, Gidado (Ozchichek, 80), Soresku, Lungoyi (Kalin, 80), Kozlovski, Bayo.
"Istanbul Bashakshehir": Sengezer, Shahiner (Byulut, 81), Ba, Opoku, Karatash, Krespo (Ergun, 60), Fayzullaev (Gyureler, 81), Shomurodov, Xarit (Brnich, 60), Zelke (da Koshta, 26).



