Turkiya klubi O'zbekiston chempionatining eng yaxshi assistentiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
7 dek 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Farruh Sayfievga Turkiya Superligasidan qiziqish mavjud.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. 



Chap qanot himoyachisi 2023 yilgi mavsum "sherlar" safida 30 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Ma'lumot o'rnida, Superligada eng ko'p golli uzatmani aynan Sayfiev hamda Alijonov amalga oshirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia