"Tottenxem"ga qaytgan Risharlisonda jarohat aniqlandi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2022, 13:59
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga qarshi o'yinda jarohat bilan o'ynagani ma'lum bo'ldi.

U chigilyozdi mashg'ulot paytida sonini shikastlab olgan, ammo baribir 84-daqiqani maydonda o'tkazgan. "Evening Standard" xabariga ko'ra, "Tottenxem"dagi tibbiy ko'rikdan so'ng, Risharlison taxminan bir oyni o'tkazib yuborishi kerakligi ma'lum bo'ldi. Eslatib o'tamiz, APL mavsumi Jahon chempionati finalidan bir hafta o'tib davom etadi.

Risharlison mundialda 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard