“Tottenxem” tez orada Son bilan shartnomani uzaytiradi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2020, 20:45
“Shporlar” vingeri Son Xyon Min bugun J.Koreyaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Jurnalist Fabricio Romano manbasiga ko'ra, “Tottenxem” futbolchi bilan kelishuvni 2025 yilga qadar uzaytirishga yaqin. Uning amaldagi shartnomasi esa 2023 yil yozida tugaydi.

28 yoshli futbolchi 2015 yil “Bayer”dan “Tumanli Albion”ga ko'chib o'tgan. U joriy mavsum APLda 12 o'yinda maydonga tushib, 10+4 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com