Toshkent finalchilari Rossiya chempionatining hal qiluvchi bahsida to'qnash kelishdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017, 16:21
Rossiyaning Qozon shahrida FIFA17 o'yini bo'yicha Rossiya chempionati bo'lib o'tdi.

Rossiya klublari shartnoma tuzgan kiberfutbolchilar mamlakat chempionini aniqlash uchun Qozon shahrida yig'ilishdi. O'yinlar maxsus saxnada o'tkazildi, muxlislar esa o'yin bo'layotgan arena va internet orqali bu turnirni kuzatib borishdi.


2016 yil Toshkentda o'tgan MDH-2016 musobaqasi finalchilari Timur Gurev (SSKA) va Robert Faxretdinov ("Ufa") Rossiya chempionatining hal qiluvchi bahsida yana to'qnash kelishdi.

FIFA16 bo'yicha MDH Kubogi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi


Finalda SSKA kiberfutbolchisi Timur Gurevning qo'li baland keldi va u navbatdagi sovrinni o'z jamoasi muzeyiga qo'shib qo'ydi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia