Tim Shervud: Tottenxemda ishlagan vaqtimda Keynni sotilishiga qarshi bo'lganman

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2015, 19:29
Aston Villa bosh murabbiyi Tim Shervud Tottenxemda ishlagan vaqtida Garri Keynni sotilishiga qarshi bo'lganligini aytib o'tdi.
"Aniq nomlarni keltirib o'tmayman. Ammo, "Tottenxem"da ishlagan vaqtimda Keyn borasida bir qancha takliflar bo'lgandi.

Men uni sotilishiga yo'l qo'ymaganman. Klub o'z tarbiyalanuvchilarini sotib yuborishi yaxshi emas. "Tottenxem" Livermor va Kolkerlarni sotib yuborib xato qildi", - deydi Shervud.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru