Tibo Kurtua Tedeskoning iste'fosidan so'ng Belgiya terma jamoasiga qaytishni xohlamoqda

Administrator
23 fev 2025, 20:01
"Real" posboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi.

Kurtua Domeniko Tedesko bilan kelishmovchilik sabab milliy jamoada o'ynamayapti. Nemis mutaxassisi terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi, uning o'rnini Rudi Garsiya egalladi.

"Bir yarim yil terma jamoa tarkibida o'ynamadim. Hozirda qaytishga tayyorman", - dedi Kurtua.

Kurtua joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 35ta to'p olib chiqdi va 10ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano