Tiago Silva "Chelsi" mashg'ulotlariga qaytdi. U fevral oxiridan beri o'ynamadi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2023, 11:39
"Chelsi" himoyachisi Tiago Silva mashg'ulotlarga qo'shildi.

Braziliyalik futbolchi fevral oyining oxirida tizzasidan jarohat olib, safdan chiqdi va jamoaning so'nggi 7 o'yinini o'tkazib yubordi.

Rahim Sterling, Ris Jeyms, N'Golo Kante va Meyson Maunt ham chorshanba kungi "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi o'yini oldidan mashg'ulotlarda ishtirok etishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer