Ten Xag "Nyukasl"ni boshqarishni xohlamayapti

Alisher
31 okt 2021, 16:27
"Nyukasl"ning yangi xo'jayinlari yangi jamoa uchun murabbiy qidirishmoqda.

Saudiyaliklar "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xagni taklif qilishni juda ham xohlashmoqda. Niderlandiyalik o'z maoshini 5 barobarga oshirib olishi mumkin, ammo u APLdagi qiyin vaziyat sabab jamoani boshqarmoqchi emas.

Ten Xagning "Ayaks"da ishlari yaxshi ketmoqda, jamoa Chempionlar Ligasi pley-off chiptasini olishga yaqin. "Nyukasl" esa ligada qolish uchun kurashmoqda.

"Nyukasl" Erik ten Xagni transfer bozorida katta imkoniyatlar berish yo'li bilan ko'ndirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror