Tachmurod Agamuradov: "Jismoniy holatni yaxshilashga e'tibor qaratamiz"

Narzulla Saydullayev
12 apr 2015, 11:17
"Sho'rtan" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan keyin ikkala jamoa bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirishdi.
"Bugungi uchrashuv qiziqarli va muxlisbop tarzda o'tganiga qaramay ob-xavoning ta’siri kuchli bo'ldi. G'uzordan 1 ochko olib ketishga yaqin turgandik ammo mezbonlarning tezkor harakatlari o'z samarasini berdi. Shu munosabat bilan raqibimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman" – deydi Samarqandliklar bosh murabbiyi o'yindan keyingi intervyusida.

-Durangni ushlab qolish uchun bugun jamoangizga nima yetishmadi deb o'ylaysiz?

-Uchrashuvning so'ngi daqiqalarida yigitlarda charchoq ancha sezilib qoldi. Bunga ob-havoning issiqligi o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmaganligi ham sabab bo'ldi. Bu esa o'z o'rnida keyingi o'yinlarda jamoaning jismoniy holatini yaxshilash ustida ish olib borishga e'tibor qaratishim lozim ekanligidan dalolat beradi.

-Hakamlar harakatlariga etirozingiz yo'qmi?

-O'zbekiston professional futbol ligasining reglamentiga asosan biz hakam yoki uning xatti-harakatlari haqida biror izoh berish taqiqlab qo'yilgan. Ammo bugungi uchrashuv hakamlariga o'yinni yaxshi boshqarganlari uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcshurtan.uz