"Syrenka Cup". O'zbekiston o'smirlari 8 jamoa orasida 8-o'rinni band etdi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2022, 11:42
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasi Polshadagi xalqaro turnirda ishtirok etdi.

O'smirlarimiz dastlab mezbon Polshaga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Takidlash lozimki, 2-daqiqadayoq Muhammadyusuf Sobirov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.

Meksikaga qarshi bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. Kecha Ruminiya bilan uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Shunday qilib 8ta jamoa ishtirok etgan musobaqada o'smirlarimiz oxirgi o'rinni band etishdi.


Chorak final
Polsha - O'zbekiston 5:2
Gollar:
Daniel Mikolaevski 6, Shodiyor Shodiboev 8 (p), Yakub Krzizanovski 45, Filip Rezchik 69, Ozodbek O'ktamov 71 (p), Filip Rezchik 77 (p), Mike Xuras 81.
Chetlatish: Muhammadyusuf Sobirov 2.

5-8-o'rinlar uchun
Meksika - O'zbekiston 2:0


8-o'rin uchun
Ruminiya - O'zbekiston 2:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia