Syrenka Cup: O'zbekiston o'smirlar termasi Belgiyaga imkoniyatni boy berdi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2017, 08:25
Polsha mamlakatida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida bugun, 29 avgust kuni Syrenka Cup–2017 xalqaro turniri start oldi.

Musobaqaning ilk turida Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi Belgiyaga qarshi bahs olib borib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'zbekiston o'smirlar termasi jamoasi safidagi yagona golga zaxiradan maydonga tushgan Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi.

Navbatdagi turda Dilshod Nuraliev shogirdlari Polsha – Vengriya uchrashuvida mag'lub bo'lgan jamoa bilan o'zaro bahs olib boradi.

Syrenka Cup–2017
Ploti, Polsha
29 avgust, seshanba

Belgiya – O'zbekiston 4:1
Gol:
Jasur Jaloliddinov
O'zbekiston:
Mo'minmirzo Qodirov, Xurshidbek Ubaydullaev, Mironshox Sattorov, Jasurbek Abdulbekov, Rustam Azimov, Xojimat Erkinov, Alishev Odilov, Diyor Ramazonov, Shoxjahon Sultonmurodov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Xushudbek Bozorov.

Zaxira: Shukron Yo'ldoshev, Doniyor Sobirov, Igor Chikrizov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Bekzod Shamsiev, Javohir Jo'raev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com