O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Syrenka Cup 2022” musobaqasida ishtirok etadi

Iskandarov Abdulaziz
9 sen 2022, 19:40
O'smirlar terma jamoamiz uchun yana bir xalqaro turnir.

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi 22-28-sentyabr kunlari Polshada bo'lib o'tadigan  “Syrenka Cup 2022” xalqaro turnirida ishtirok etadi. 


Turnir g'olibligi uchun 8 ta terma jamoa kurash olib boradi:

O'zbekiston U-16

Portugaliya U-16

Meksika U-16

Polsha U-16

Norvegiya U-16

Ruminiya U-16

Angliya U-16

Chexiya U-16


O'zbekiston U-16 terma jamoasi turnirdagi ishtirokini Polshaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

23-sentyabr

Polsha - O'zbekiston 

Ma'lumot o'rnida, ushbu turnir O'zbekiston uchun ikkinchi ishtirok hisoblanadi. Bundan avval tarkibida Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Jasur Jaloliddinov bo'lgan U-16 terma jamoamiz 2017 yilda “Syrenka Cup”  xalqaro turnirida xorijlik tengdoshlari bilan bahs olib borishgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати