Superliga. Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev

Tolibjon Qosimov
12 apr 2021
Coca Cola Superligada 5-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Biroz avval 7-10 aprel kunlari bo'lib o'tgan beshinchi tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

VIDEO  Superliga. Tur goli - Marko Stanoevich

Ortda qolgan 5-turning eng yaxshi murabbiyi deb "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev topildi. Qarshiliklar Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lishdi. Joriy mavsum oldidan tarkibini ancha kuchaytirib olgan mezbonlarga qarshi o'yindagi g'alaba Ro'ziqul Berdiev jamoasini turnir jadvalida to'rtinchi pog'onaga olib chiqdi. O'tgan turda yetakchilardan biri Oybek Bozorov jarohat olib safdan chiqqan bo'lsada, "Nasaf" yaxshi raqibni mehmonda engishni uddaladi.

Shu tariqa, "Qizilqum"dek xavfli raqibni safarda taslim qilgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev beshinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia