

Coca Cola Superliga, 16-tur
“So'g'diyona” - “Qo'qon-1912”
21 sentyabr 2020 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Ahmad Ergashev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 29 marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning 9 tasida qo'qonliklar zafar quchishgan, 13ta bahsda jizzaxliklarning qo'li baland kelgan. Ettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati – 45-35, “So'g'diyona” foydasiga.
Birinchi davrada Qo'qonda o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.
Coca Cola Superliga, 16-tur
“Nasaf” – “Surxon”
21 sentyabr 2020 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Zoxid Akramov
Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 19 bor kuch sinashishgan. Natijalar "ajdarlar"ning yaqqol ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 15ta uchrashuvda qarshiliklar, 1ta o'yinda esa termizliklar zafar quchishgan. 3 uchrashuvda esa durang natijasi qayd etilgan.
To'plar nisbati 47:15, "Nasaf" foydasiga.
Birinchi davrada Termizda o'tgan bahsda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan.



