Sunnatilla Mamadaliev: “Ananaga chek qo'ydik”

Narzulla Saydullayev
19 may 2017
Oliy liganing 11-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Sho'rtan”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yindan so'ng "So'g'diyona" yarim himoyachisi Sunnatilla Mamadaliev  bellashuv  borasidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugun juda ham ajoyib o'yin bo'ldi. “Sho'rtan” jamoasini “So'g'diyona” bir necha yillar davomida enga olmay kelgandi. Bugun esa ushbu ananaga chek qo'ydik. Biz jamoa bo'lib o'ynadik. Jamoadoshlarim ham maydonda ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Omad bizga kulib boqdi va biz bugun g'alabaga erishdik. Biz faqat g'alaba uchun kurashdik. “Sho'rtan”ni judayam hurmat qilaman. Men uzim ham ushbu jamoada o'ynaganman. “Sho'rtan”ning keyingi o'yinlariga omad tilayman. Shu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat, - deydi Mamadaliev.

“So'g'diyona” matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia