Sulsher: "MYU va "Chelsi" o'zlarini chempionlik uchun da'vogar hisoblashlari lozim"

Aziz Tukhtamuradov
6 avg 2021, 08:55
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasining kelajagi haqida gapirdi.

"Pep Gvardiolaning aytishicha, dastlabki 8 ta o'yindagi g'alaba orqali chempionatda g'olib bo'lish mumkin emas, yutqazib qo'yish mumkin. O'tgan mavsumda aynan shu narsa sodir bo'ldi. 

Men pessimist bo'lib haq bo'lib chiqqanimdan ko'ra, optimist bo'lim adashishni maqul ko'raman. Albatta maksimal ravishda yondoshuv orqali yigitlar APL va YCHLda g'alaba qozona oladilar. 

Yangi mavsumda APLda raqobat jiddiy bo'lmaydigandek ko'rinmoqda. Uzoq vaqt davomida faqat "Manchester Siti" va "Liverpul" sovrin uchun kurashdi, ammo biz va "Chelsi" ham yaxshigina pul sarfladik va o'zimizni sovrin uchun da'vogarlar qatoriga kiritishimiz mumkin. 

MYUda doimo bosim bor - APLni yutish lozim, umuman, sovrin yutish kerak. Xattoki senda 10 yillik shartnoma bor bo'lsa ham, yuta olmadingmi - senga javob berib yuborishadi", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Times