Sulsher: "Manchester Yunayted" CHLda oxirigacha borishga qodir"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019, 10:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher PSJga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Ser Aleks Fergyuson ham baxtli. Biz turnirning oxirgi bosqichigacha borishga qodirmiz, ammo keling qur'ani kutaylik. Chorak finalda faqat kuchli jamoalar bo'ladi.

Lukaku? 3ta o'yinda 6ta gol yomon emas. Romeluning formasi a'lo darajada. Biz uni o'ziga mos joyga qo'ydik. Lukaku uchun xursandman" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA