Suares Urugvaydagi 500ta ehtiyojmand oilaga 500 savat sovg'a yubordi

Alisher
28 mar 2020, 18:38
"Barselona" hujumchisi Luis Suares koronavirus pandemiyasi sabab bo'layotgan inqiroz tufayli Urugvaydagi ehtiyojmandlarga yordam qo'lini cho'zdi.

33 yoshli futbolchi juma kuni Montevideoning Kasavele tumanidagi 500 oilaga 500 savat oziq-ovqat va asosiy narsalarni yubordi.

Suares keyingi hafta boshqa hududlardagi oilalarga yordam beradi.

"Bu juda ham muhtoj bo'lgan odamlar uchun qilinayotgan kichkina bir ishlardir", - deydi Suares.

Urugvaylik o'ng tizzasidan olgan jarohatidan aprel oyi oxirida tuzalishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Observador