"Sport TV" O'zbekiston - Suriya bahsini jonli ko'rsatadi, kim sharhlashi ham ma'lum

Tolibjon Qosimov
6 sen 2018, 11:19
Bugun O'zbekiston va Suriya terma jamoalari Toshkentda o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Bugun 20:00. O'zbekiston - Suriya

Uchrashuv "Milliy" stadionda o'tkaziladi va 20:00da start oladi. Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning birinchi o'rtoqlik o'yinini bevosita stadiondan ko'rishning imkonini topa olmagan muxlislar o'yinni "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tomosha qilishlari mumkin. "Sport TV" jonli efirni 19:45dan boshlaydi. Bu haqda telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilindi.

O'zbekiston - Suriya uchrashuvini Xayrulla Hamidov hamda Bobur Akmalov birgalikda sharhlab borishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia