

Ushbu g'alabadan keyin “qizil-oqlar” armiyachilardan turnir jadvalida 10 ochkoga ilgarilab ketishdi.
Mazkur jamoalarning birinchi davrada “Otkritie Arena” da o'tgan bahsida ham “Spartak” g'olib chiqqan edi. Shu tariqa “Spartak” 1999 yildan buyon ilk marta mavsumning har ikki o'yinida ham SSKAni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. 1999 yilgi mavsumda “Spartak” keyinchalik chempionlikni qo'lga kiritgan, SSKA esa uchinchi o'rin bilan cheklangan.



