"So'g'diyona" futbolchisi Litva terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2018, 10:42
FIFA kunlari sababli bir qator futbolchilar o'z milliy terma jamoalaridan chaqiruv olmoqda.

Shu qatori "So'g'diyoa" vakil Sernas Darvidas ham Litva terma jamoasidan chaqiruv oldi. U 7 sentyabr kuni Litva - Serbiya va 10 sentyabr kuni Chernogoriya - Litva o'yinlariga ishtirok etish uchun  Litva futbol federatsiyasidan  chaqiruv oldi.

Futbolchi 1 sentyabr kuni yig'inda ishtirok etish uchun o'z yurtiga jo'nab ketadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати