Kecha poytaxtda jamoa so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Unda Andijon jamoasi 2:1 hisobida mag'lub etildi. Sanjar Rashidov va Jasur Hakimov tomonidan kiritilgan to'plar So'g'diyonaga g'alabani olib keldi. Sobir Hamidov ushbu nazorat uchrashuvida maydonda harakat qildi. Mashal jamoasidan kelib qo'shilgan himoyachi Salamat Quttiboev bilan, Sobir Hamidov bilan ham shartnoma tuzildi. Ular endilikda So'g'diyona liboslari ostida maydonga tushishadi.
Endi jamoa a'zolari 30 iyul kuni So'g'diyona qarorgohida yig'ilishadi va 3 avgust kuni bo'lib o'tadigan ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida Mashal jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarliklar olib boriladi.