

Jamoa bir nechta yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzoladi. G'ulom O'runov, Sunnat Mamadaliev, Azamat Isroilov, Doston Abdurahmonov, Rustam Maxmudovich A'zamov, Sarvar Karimov rasman bo'lajak mavsumni "So'g'diyona" tarkibida o'tkazadilar.
Shu bilan birga Elyor Orifov, Sanjar Rashidov, Ixtiyor Toshpo'latov, Qahramon Bahodirov, Sarvar Jo'raevning shartnomalari uzaytirildi.
Bugun jamoaga o'tgan mavsumni "Cementchi" jamoasida o'tkazgan darvozabon Eldor Isoboev hamda "Navbahor" jamoasi yarim himoyachisi Alisher Mahmudov kelib qo'shildi. Yig'in davomida yana bir qancha futbolchilarning kelishi kutilmoqda. O'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida o'ynagan Rabbim Hasanov "Buxoro" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.
Yig'in davomida jamoa bir qancha o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. 9 fevral kuni "Navbahor" jamoasiga qarshi bahs bo'lib o'tadi. 11 fevral kuni "Obod", 13 fevral kuni "Qo'qon-1912", 15 fevralda "Sho'rtan", 17 fevralda esa "Buxoro" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
"So'g'diyona" matbuoti xizmati




