Sobiq hakam Anduxar Oliver Benzemaning goli haqida: "Kazemiro Aspilikuetaga nisbatan qo'pollik ishlatgandi"

Omonjon To`xtamirzayev
28 apr 2021, 04:55
Sobiq hakam Anduxar Oliver "Real" forvardi Karim Benzemaning YCHL yarim finali birinchi bellashuvida urgan goli haqida gapirdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Marselo jarima maydoniga Kazemiroga uzatmani amalga oshirdi, u esa boshi bilan to'pni Eder Militaoga tashlab berdi. Himoyachining boshiga tegib to'p Benzemaga borib tushdi va fransiyalik gol urib, muvozanatni tikladi. O'yinni boshqarib borgan hakam Danni Makkeli golni hisobladi.

"Gol inobatga olinmasligi kerak edi. Kazemiro Aspilikuetaga nisbatan qo'pollik ishlatgandi. U to'pni Militaoga tashlab berishdan avval, raqibining ustiga chiqib ketdi", – dedi sobiq-referi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru