
"Matbuot Snayderni doimo qandaydir klubga "o'tkazib qo'ymoqchi" bo'ladi. Lekin, biz MYU, "Milan", "Monako" jamoalarining hech qaysilaridan taklif olmaganmiz.
Hozirda Snayder bor e'tiborini Mundialga qaratgan. Turnirdan so'nggina futbolchiga taklif bilan chiqishlari mumkin. Ayni paytda esa u "Galatasaroy"da qolishni istaydi.
Kelasi mavsumda u Chempionlar Ligasida ishtirok etadi", - deydi futbolchining agenti.