Snayder “Galatasaroy” bilan shartnomani bekor qildi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2017, 00:14
Turkiyaning “Galatasaroy” klubi rahbariyati gollandiyalik yarim himoyachi Uesli Snayder bilan kelishuvni bekor qildi.

33 yoshli futbolchi yaqin uch mavsum mobaynida Turkiyaning boshqa biror klubiga o'tadigan bo'lsa, “Galatasaroy”ga 20 million evro to'lashi kerak bo'ladi. Shunday kelishuvdan so'ng “Galatasaroy” futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo'ldi. Aslida futbolchining shartnomasi keyingi yili yakuniga yetishi kerak edi.

Ilgariroq futbolchi keyingi faolyatini “Los Anjeles Gelaksi” yoki “Sampdoriya”da davom ettirishi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com