Sky Sports: Runi "MYU"ni tark etmoqchi

17 iyul 2013, 11:46
Mashxur ingliz nashri Sky Sports, o'z manbalarining xabarlariga tayangan holda, Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ni tark etishni istayotgani haqida xabar bermoqda.
"MYU"ning 27 yoshli hujumchisi Ueyn jamoadagi ikkinchi darajali xujumchi vazifasini bajarmoqchi emas. Shuning uchun u klubni tark etish niyatida. U qaysi klubda o'ynashidan qatiy nazar asosiy tarkib futbolchisi bo'lmoqchi.

Undan tashqari, Runi Devid Moyes bilan o'zaro suhbatda, klubda unga bo'lgan munosabatdan norozi ekanligini aytgani haqida ham ma'lumotlar bor. 

Yodingizda bo'lsa, Moyes so'nggi intervyularidan birida Runi "MYU"ga van Persi jarohat olganda o'rnini egallash uchun kerakligi haqida gapirgan edi.

Avvalroq esa, "Chelsi"ning Runiga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqan va Moyes Runi jamoadan ketmasligi haqida gapirib o'tgan edi.


Manba: football.ua